- Maqola tuzilmasi:
Maqolalar quyidagi tarkibiy qismlarda tuzilishi lozim:
- Maqola nomi (3 tilda: o‘zbek, rus, ingliz)
- Muallif(lar) F.I.Sh., ilmiy darajasi, lavozimi, tashkiloti, elektron manzili
- Annotatsiya (o‘zbek, rus va ingliz tillarida, 100–150 so‘z, 3 tilda)
- Kalit so‘zlar (3–15 ta, 3 tilda)
- Kirish (mavzuning dolzarbligi, maqsad, ilmiy yangilik)
- Tadqiqot metodlari (metodologiya, foydalanilgan usullar)
- Tadqiqot natijalari va tahlil (jadval, rasm, grafiklar bilan)
- Xulosa va takliflar
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Matn formatlash talablari:
- Fayl formati: Microsoft Word (DOC/DOCX)
- Sahifa formati: A4
- Shrift: Times New Roman
- O‘lchami: 14 pt
- Satr oralig‘i: 1.5
- Sahifa bo‘sh joylari: yuqori – 2 sm, past – 2 sm, chap – 2.5 sm, o‘ng – 2 sm
- Rasm va jadvallar:
- Har bir rasm va jadval raqamlab ko‘rsatiladi (Masalan: 1- rasm, 2- jadval).
- Rasm ostida izoh bo‘lishi shart.
- Grafiklar aniq, sifatli bo‘lishi lozim.
- Adabiyotlar ro‘yxati:
- Adabiyotlar ro‘yxati maqola oxirida beriladi.
- Mahalliy va xorijiy manbalar aralash bo‘lishi kerak.
- Adabiyotlar soni kamida 15–30 ta bo‘lishi tavsiya etiladi.
- Oxirgi 5 yillik manbalarga ustuvorlik beriladi.
- Rasmiylashtirish MLA yoki APA uslubida bo‘lishi mumkin. Misol tariqasida: Abdurahmanov, Sh, and S. Yoldoshev. "WHEN SAYING." VISUAL IMAGE" AND" AXONOMETRY" ON HOW IMAGES ARE UNDERSTOOD." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10 (2022): 1056-1062.
- Shuningdek, foydalanilayotgan adabiyotlar orasida Qonunlar, Farmonlar, Qarorlar keltirilsa, ular adabiyotlar ro‘yxatining birinchi qismida keltiriladi va u quyidagicha ko‘rsatiladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.
Foydalanilgan veb-saytlar ro‘yxati quyidagi tartibda beriladi:
- www.miit.uz - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.
- Plagiat (antiplagiat) talabi:
- Maqola original bo‘lishi shart.
- Plagiat darajasi 20% dan oshmasligi lozim (ya’ni kamida 80% originallik).
- Antiplagiat tekshiruv hisobotini taqdim etish tavsiya etiladi.
- Maqola bilan birga topshiriladigan hujjatlar:
✅ Maqolaning elektron varianti (.doc yoki .docx)
✅ Plagiat tekshiruvi xulosasi (to’liq hisobot shart)
✅ Kafedra yig'ma bayonnomasi yoki ilmiy rahbar xulosasi (rasmiy shakilda)
- Muhim eslatma:
Jurnalga taqdim etilgan maqolalar oldindan tahririy hay’at tomonidan ko‘rib chiqiladi. Talablarga javob bermaydigan yoki ilmiy uslubga mos kelmaydigan maqolalar nashrga qabul qilinmaydi. Maqola tekshiruv muddati 15-45 kun oralig’ida